Xiva shahri va tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

O‘zbekiston 15:12 / 27.07.2017 19097

Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada viloyat hokimi P.Bobojonov qatnashdi va so‘zga chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning shu yilning 11-iyulida qabul qilingan Qarorida Xiva shahri va Xiva tumanining chegaralari o‘zgarishi hamda Xiva shahrining viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan Xorazm viloyati bo‘ysunuvidagi Xiva shahri hokimligini tashkil etish ko‘rsatilgan edi. Sessiyada ana shu Qaror ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonunining 2 va 24-moddalariga muvofiq viloyat hokimi P.Bobojonovning tavsiyasiga binoan Xiva tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Erkin Yaqubov vazifasidan ozod etilib, Xiva shahri hokimi etib tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonunining 2 va 24-moddalariga muvofiq viloyat hokimi P.Bobojonovning tavsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi paxtachilik va texnika ekinlar rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelgan Ozod Matyaqubov Xiva tumani hokimi etib tasdiqlandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: