Poroshenko AQShning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatladi

Jahon 13:09 / 26.07.2017 9008

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko AQSh kongressi vakillar palatasining Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar bo‘yicha qarorini qo‘llab-quvvatladi.

«AQSh kongressi ikki partiyaning kuchli qo‘llab-quvvatlovi bilan RFga qarshi sanksiyalar bo‘yicha muhim qarorni qabul qildi», - deya yozdi Poroshenko tvitterdagi sahifasida.

Shu bilan birga, Ukraina rahbarining qo‘shimcha qilishcha: «Tajovuzkorlikning qiymati oshib borishi lozim!».

Avvalroq AQSh Kongressi Amerikaning «eng xavfli raqiblari»ni ma'lum qilgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: