Liviyadagi ixtilof tomonlari saylovlar o‘tkazishga kelishib oldilar

Jahon 00:24 / 26.07.2017 3021

Liviya milliy kelishuvi hukumati rahbari Fayoz as-Saroj va milliy armiya qo‘mondoni Halifa Xaftar Fransiyada o‘tgan muzokaralar davomida Liviyada 2018 yil bahorida prezidentlik va parlament saylovlari o‘tkazishga kelishib oldilar. Bu haqda Fransiya  prezidenti Emmanuel Makron ma'lum qilgan.

"Uchrashuv davomida bahorda saylovlar o‘tkazishga kelishib olindi", deb aytgan Makron matbuot-anjumanda. 

Bundan tashqari, ixtilof tomonlari jangovar harakatlarni to‘xtatishga kelishib olganlar. 

Ko‘proq yangiliklar: