Hindistonning yangi prezidenti rasman o‘z lavozimiga kirishdi

Jahon 00:19 / 26.07.2017 16537

Hindistonning yaqindagina saylangan yangi prezidenti Ram Natx Kovind rasman o‘z lavozimiga kirishdi. Inauguratsiya marosimi parlamentning markaziy xollida bo‘lib o‘tdi va davlat rahbari qasamyod qabul qildi.

Tantanali qasamyoddan so‘ng Kovind yuqori va quyi palata a'zolari hamda chet el diplomatik missiyalari vakillari oldida nutq so‘zladi.

 “Men bu buyuk millatning 1,25 mlrd fuqarolari oldida ta'zim qilaman va menga bildirilgan ishonchni oqlashga va'da beraman. Har birimiz Hindistonning farovonligi, merosi asrovchilarimiz, biz uni kelajak avlodga yetkazamiz”, deb aytgan siyosatchi.

Ta'kidlanishicha, ushbu marosimda mamlakatning sobiq prezidenti ham Nyu-Dehlidagi prezident saroyidan kelib ishtirok etdi.

Hindistonda prezidentlik saylovlari 17 iyulda bo‘lib o‘tdi. Ovozlar hisob-kitobi natijalariga ko‘ra, Ram Natx Kovind saylovchilar hay'atining 65,6 foiz ovozini yiqqan.

Ko‘proq yangiliklar: