Avstraliyada qotil 7 yil qo‘riqxonada yashirinib yurgan

Jamiyat 00:13 / 26.07.2017 16024

Avstraliyada Yangi Janubiy Uels qo‘riqxonasi qo‘riqchisi Mark Eberneti tomondan yozilgan The Counter ("Pudratchi") kitobi chiqmoqda. Eberneti ulkan qo‘riqxona hududida bir necha yil yashirinib yurgan qotil Malkolm Nadenni qo‘lga tushirgan. Jinoyatchi qornini to‘yg‘azish uchun fillardan banan o‘g‘irlagan va toshbaqalar, qushlar va mayda hayvonlarni ov qilgan.

2000-yillar boshida Naden ikki qiz qarindoshini o‘ldirgani uchun 36 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan. 2005 yilda u qamoqdan qochishga muvaffaq bo‘lgan. Aniqlanishicha, u qochoqlikdagi aksariyat vaqtida qo‘riqxona hududida yashagan. 

Kitob muallifining yozishicha, u va uning hamkasbi qo‘riqxonada yashirinib yurgan boshpanasiz kimsaga uzoq vaqt ov qilishgan. Qochoq qo‘riqchilar uning faoliyati izlarini topishni boshlamagunlaricha yashirinib yurishga muvaffaq bo‘lgan. U o‘z ortidan oziq-ovqat o‘ramlari, mevalar po‘stlog‘i hamda hattoki qushlar va mayda hayvonlar suyaklarini qoldirgan.

Bir marta mahalliy veterinar noma'lum erkak galapagos toshbaqalari saqlanadigan qafasdan yugurib chiqqanini ko‘rgan. Aniqlanishicha, qochoq toshbaqalardan eng yiriklaridan birining boshini uzib olib, uning ichidagilarni so‘rib olgan. Qotilning o‘lchamlari (bo‘yi 190 sm, vazni 125 kg) hisobga olinsa, unga anchagina ovqat kerak bo‘lgan ko‘rinadi. Biroz vaqtdan keyin qochoq qo‘riqxona xodimlari yashaydigan uylarga ko‘z olaytira boshlagan.

Naden bungalolar tomida uxlagan, uylardan oziq-ovqat o‘g‘irlagan va hattoki uylar oldida turgan grillardan foydalangan. Qo‘riqxona qo‘riqchilari uni 2012 yil boshidagina tutishga muvaffaq bo‘lishgan. 

"Biz oldimizda mamlakatning eng xavfli jinoyatchilaridan biri turganini anglagach, jiddiy karaxt holni boshdan kechirganmiz", deb yozmoqda Eberneti.

Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda qotil Naden panjara ortida jazo o‘tamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: