Jyeyms Bond rolini ijro etuvchi aktyor nomi ma'lum bo‘ldi

Jamiyat 21:20 / 25.07.2017 14753

Britaniyalik aktyor Deniyel Kreyg yana josus 007 Jyeyms Bond rolini o‘ynaydigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda The New York Times nashri.

Manbalarning ma'lum qilishicha, Kreygning bondianaga qaytishi hal qilingan masaladir.

Avvalroq Metro-Goldwyn-Mayer va Eon Productions kompaniyalari Bond haqidagi yubiley 25-film Shimoliy Amerikada ekranlarga 2019 yil noyabrda chiqishini ma'lum qilgandilar. Kompaniyalarning ta'kidlashicha, filmni suratga oladigan rejissyor va aktyorlar tarkibi, film prokatga chiqadigan sana keyinroq e'lon qilinadi.

Kreyg intervyulardan birida o‘zining bondianadagi kelgusi ishtiroki haqida keskin fikr bildirgan. Keyinroq u o‘sha suhbat chog‘ida toliqqan holda bo‘lganini va franshizaga qaytishi imkoniyatini ko‘rib chiqishini ma'lum qilgan.

Kreyg 2006 yildan beri bondianada ishtirok etib keladi, u franshizaning "Kazino "Royal" (Casino Royale; 2006), "Rahmdillik kvanti" (Quantum of Solace; 2008), "Skayfoll" koordinatalari" (Skyfall; 2012) va "007: Spektr" (Spectre; 2015) deb nomlangan qismlarida bosh rollarni ijro etgan.

Ko‘proq yangiliklar: