Tramp Ukrainani Amerikadagi saylovlarga aralashishda aybladi, Kiyev javob qaytardi

Jahon 23:20 / 25.07.2017 17520

AQSh prezidenti Ukrainani mamlakatda 2016 yili o‘tkazilgan saylovlarga aralashganlikda aybladi. Donald Tramp o‘z tvitterida bosh prokuror Jyeff Seshnsga va Fox News teleboshlovchisi Shon Hennitiga murojaat qilgan: «Ukrainaliklarning Tramp kampaniyasini barbod qilishga harakati — „Klintonni qo‘llash uchun tinch harakat“. Bosh prokuror nega tekshirmaydi?»

Tramp o‘z tvitida Hennitini eslashiga, u o‘z vaqtida Politico jurnalida chiqqan, Ukrainaning AQShdagi saylovlarga aralashuvi haqidagi maqolaga e'tibor qaratgandi. Teleboshlovchi ushbu xabarga siyosatchilar e'tibor qaratishmayotgani, tekshiruvlar o‘tkazilmayotganidan taajjubdaligini bildirgandi.

Politico nashrining yanvar oyidagi maqolasida Kiyevning saylovlarga aralashuvi darajasi «rossiyaliklarning aralashuvi»dan kamroq bo‘lgani, bundan ortig‘iga Ukrainaning o‘zidagi siyosiy parokandalik yo‘l bermasligi keltirib o‘tilgandi.

Maqolada shuningdek, bir qator ukrainalik amaldorlar Tramp shtabining sobiq rahbari Pol Manafortga qarshi hujjatlar yig‘ish bo‘lgani keltirilgan. Aynan shu tufayli keyinchalik, Manafort iste'foga chiqishga majbur bo‘lgan.

Kiyev bu ayblovga munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, ukrailar 2016 yilgi saylovlarga aralashmagan. Ukrainaning Vashingtondagi elchixonasi Trampning ukrainlarni Klintonni saylovda qo‘llab-quvvatlash uchun o‘ziga qarshi harakatlarni amalga oshirishda aybloviga shunday javob qaytardi: «Ukraina 2016 yilgi saylovlarda har ikki nomzodga ham yordam bermagan. Biz AQShdagi ikki partiyaviylik tizimini qo‘llab-quvvatlaymiz», — deyilgan elchixona bayonotida.

Ko‘proq yangiliklar: