Toshkentda karate bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi

Sport 21:00 / 25.07.2017 6893

2019 yilda Toshkentda karate bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Ostonada o‘tgan Osiyo karate federatsiyasi kongressi yakunlariga ko‘ra ma'lum bo‘ldi.

Kongress shuningdek federatsiyaning yangi logotipini yaratish qarorini qabul qildi va nomini o‘zgartirishga rozi bo‘ldi: Asian Karatedo Federation endi Asian Karate Federation deb qayta nomlanadi. Shuningdek, erkaklar kumitesi bo‘yicha 55 kg gacha vazn toifasiga tegishli masalalar ko‘rib chiqildi va aniqlashtirib olindi.

Kongress ishtirokchilari Toshkentda o‘tadigan chempionat o‘zgacha bo‘lishini ta'kidlab o‘tdilar. U Tokio Olimpiadasi arafasida tashkil etiladi va karate sport turi Olimpiada dasturiga ilk marta kiritilmoqda. Shuning uchun Toshkentda Olimpiada litsenziyalarining asosiy miqdori o‘ynalishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: