Toshkentda yangi qurilayotgan uylardan xarid qilganlarga propiska beriladi

O‘zbekiston 21:40 / 25.07.2017 107107

Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 yildagi №527-sonli qarori bilan boshqa viloyatliklar, xorijliklar va fuqaroligi yo‘q shaxslarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sotish shartlari oydinlashtirildi. Bu haqda Norma.uz eksperti Oleg Zamanov yozadi.

Endi Toshkent shahri va viloyatidan ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek xorijliklar hamda fuqaroligi yo‘q shaxslar ham ko‘chmas mulk xarid qilishi mumkin.

Bu holatda xarid qilinayotgan ko‘chmas mulkning turi va narxi hamda hisob-kitob qilish tartibi muhim ahamiyatga ega (quyidagi jadvalga qarang).

Yangi qurilgan uylar deganda ekspluatatsiyaga topshirishiga 3 yildan ortiq vaqt bo‘lmagan turar joy binolari tushuniladi. Yangi qurilgan uyga egaliq huquqi tuman (shahar) hokimining tegishli dalolatnomani imzolashi haqidagi qarori asosida yuzaga keladi.

Yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilgan shartlar bo‘yicha ko‘chmas mulkning xarid qilinganidan keyingi 3 yil ichida qayta rasmiylashtirilishida oldi-sotdi, almashtirish va sovg‘a qilish shartnomalarini notarial rasmiylashtirish uchun eng kam ish haqining 400 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

Muhim eslatma! Shunday qilib, yuqorida sanab o‘tilgan shartlarda ko‘chmas mulk xarid qilgan shaxslar tegishli ro‘yxatning 1-bandiga asosan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yilishga da'vogarlik qila olishadi.

Vazirlar Mahkamasining 16.02.2012 yildagi №41-sonli qarori, shuningdek, Davlat bojlari stavkasiga tegishli qo‘shimchalar kiritilgan.

Ushbu hujjatning to‘liq matni, unga bog‘liq boshqa qonunchilik hujjatlariga oid sharhlar va havolalar bilan «O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi» axborot-qidiruv tizimi orqali tanishishingiz mumkin.

 

Ko‘proq yangiliklar: