Ronaldu «Real»da qolganini rasman tasdiqladi

Sport 14:20 / 25.07.2017 8356

«Real»ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu Madrid klubida faoliyatini davom ettirishi haqida rasman ma'lum qildi.

«O‘tgan mavsumda muhim o‘yinlarni va sovrinlarni yutganimiz ajoyib bo‘ldi. Endi buni takrorlashimiz kerak. Men chin dildan ishlashda davom etaman. Futbol – mening hayotim», deya futbolchining so‘zlarini keltirgan Marca.

O‘tgan oyda ushbu futbolchi soliq bilan bog‘liq muammolar tufayli Ispaniyadan ketishi va «Manchester Yunayted»ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Keyinroq Madrid klubi rahbariyati uni qolishga ko‘ndirgani ma'lum bo‘ldi.

Biroz avvalroq jamoa bosh murabbiyi Zayniddin Zidan u jamoada o‘ynashda davom etishini tasdiqlagandi.

O‘tgan mavsumda ushbu 32 yoshli futbolchi «Real» bilan Chempionlar ligasida g‘olib bo‘ldi va Ispaniya chempionati g‘olibiga aylandi.

Ko‘proq yangiliklar: