Noma'lum shaxslar Moskva sharqida YTH sodir etib, 350 ming dollarni o‘marib ketishdi

Jamiyat 11:54 / 25.07.2017 9661

Moskva politsiyasi shahar sharqida avtofalokat sodir etib, mashinadan 350 ming dollarni o‘g‘irlagan noma'lum jinoyatchilarni qidirmoqda. Bu haqda TASS agentligi Rossiya IIV Moskva shahar Bosh boshqarmasiga asolangan holda xabar qilmoqda.

"Glavnaya Alleya ko‘chasidagi 11-bino yaqinida noma'lum kimsalar kumushrang avtomobilda Hyundai Sonata bilan YTH sodir etib, mashina saloniga kirishgan va jabrlanuvchiga noma'lum narsa bilan bir necha marotaba zarba berishgan. Shundan so‘ng, g‘arazgo‘ylar mobil telefoni va 350 ming dollar pul bo‘lgan qopchani olib voqea joyidan yashirinishgan", - degan agentlik suhbatdoshi. 

Yetkazilgan moddiy zarar jami 20,6 mln rublni tashkil etgan.

Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Bosqinchilik fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: