Netanyaxu Iordaniyadagi diplomatlarga ko‘rsatilgan yordam uchun Trampga minnatdorchilik bildirdi 

Jahon 09:42 / 25.07.2017 3281

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh prezidenti Donald Trampga Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi xodimlarining vatanlariga qaytishlarida ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorchilik bildirdi. Isroil elchixonasining qo‘riqchisi ikki nafar mahalliy vakil hujumidan himoyalanib, ularni otib tashlagandan keyin xavfsizlik nuqtai nazaridan diplomatlarning evakuatsiya qilinishi talab qilingan.

"Men prezident Trampga u Jared Kushnerga ko‘rsatma berib, o‘zining xalqaro muzokaralar bo‘yicha vakili Jyeyson Grinblattni Isroil elchixonasi personalini uyga tezkorlik bilan qaytarilishida yordam berish uchun jo‘natgani uchun minnatdorman", deb aytgan Netanyaxu o‘z bayonotida.

"Men shuningdek Iordaniya qiroli Abdullohga yaqin hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiraman", deb aytgan Isroil bosh vaziri. 

Isroillik diplomatlarning uylariga qaytarilishidagi murakkabliklar Iordaniya hukumati Ammandagi elchixona qo‘riqlash xizmatining yengil yaralangan xodimini mamlakatdan chiqarishdan bosh tortgani sababli yuzaga kelgandi.

Avvalroq Ammanda ijaraga olingan kvartirada mebelni almashtirayotgan ishchilar va elchixona qo‘riqchisi o‘rtasida nizo chiqqani ma'lum qilingandi. Ishchilardan biri isroillikka otvyortka bilan hujum qilganda, isroillik unga o‘q uzgan. Olingan jarohatlardan ishchi va uy egasi jon bergan.

Ko‘proq yangiliklar: