Neymarni «Real»da kutishmoqda

Sport 09:53 / 25.07.2017 18949

«Real» yarim himoyachisi Karlos Kasemiro Braziliya terma jamoasidagi safdoshi, «Barselona» hujumchisi Neymar «PSJ»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Kasemiro hazil ohangida Neymar «Real»ga ham kelishi mumkinligi haqida gapirgan.

«Barchasi Neymarning o‘ziga bog‘liq, u nega „Real“ga o‘tmasligi mumkin? Biz uni juda yaxshi kutib olgan bo‘lardik», — deya Kasemironing so‘zlarini keltirgan Goal.

«Neymar — zo‘r futbolchi, men uning o‘yinidan hayratga tushaman. U nima qilishni biladi, uni doim qo‘llab-quvvatlashadi. Uning otasi — ajoyib inson. Agar u  „Barselona“dan ketsa, men u qayerda bo‘lmasin, omad tilayman. Neymar Braziliya uchun juda muhim», — deya davom etgan Kasemiro.

Ko‘proq yangiliklar: