MDHda terrorizmga aloqador shaxslar ro‘yxati tuziladi

Jahon 17:13 / 25.07.2017 16369

MDH mamlakatlari terrorchilik faoliyatiga daxldor bo‘lgan shaxslarning ma'lumotlarini almashadi va umumiy ma'lumotlar bazasini tashkil etadi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati huzuridagi moliyaviy razvedka davlat xizmati tashkiliy-huquqiy bo‘limi mudiri Chingiz Kenenbayev jurnalistlarga ma'lum qildi.

25-26 iyul kunlari MDHning Minskdagi Ijroiya qo‘mitasida Hamdo‘stlikka a'zo davlatlarning jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha kelishuvning ekspertlik muhokamasi bo‘ladi. 

"Biz MDH hududida terrorchilik jinoyatiga qarshi kurashga doir sa'y harakatlarimizni birlashtira olishimiz uchun davlatlar terrorchilar ro‘yxatini tan olishi mumkinligini e'tiborga oldik, ya'ni birlashgan ro‘yxatlar bo‘ladi", - degan Kenenbayev.

Uning aytishicha, "agar ekspertlar kengashi shartnoma loyihasini ma'qullasa, MDH mamlakatlari hukumat rahbarlari Kengashining noyabr oyidagi yig‘ilishida u imzolanadi". 

 

Ko‘proq yangiliklar: