Islom madaniyati markaziga rahbar tayinlandi

O‘zbekiston 21:50 / 25.07.2017 17305

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom madaniyati markaziga direktor tayinlandi. «Jahon» AA bergan xabarga ko‘ra, bu markazga 2015 yildan beri Toshkent fransuz alyansi raisi sifatida ishlab kelayotgan Shoazim Minovarov rahbar bo‘lgan.

Shoazim Minovarov tajribali diplomat va tarjimon hisoblanadi. U Fransiya hukumatining «Xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan birinchi O‘zbekiston fuqarosidir.

23 iyun kuni Prezident «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagandi.

Islom madaniyat markazining ma'muriy binosi, shuningdek, kutubxonasi va muzeyi Toshkent shahrida, Xastimom majmuasiga yondosh hududda quriladi. Markaz binolari qurilishiga rossiyalik milliarder Alisher Usmonov homiylik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev madrasalar, maqbaralar, muqaddas qadamjolar va Islom madaniyat markazi haqida

Ko‘proq yangiliklar: