Tsukerberg Maskning "oxirzamon" haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi

Fan-texnika 08:36 / 25.07.2017 16075

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi va rahbari Ilon Maskning sun'iy aql haqida bildirgan fikrlariga qo‘shilmadi. Mask sun'iy aqlni insoniyatga eng jiddiy tahdid deb baholagan edi. Tsukerberg bu haqda Facebook Live orqali jonli efirda to‘xtalib o‘tgan, deya xabar bermoqda CNBC telekanali.

Tsukerberg oxirzamon yaqinlashayotgani haqida taxminlarni mas'uliyatsizlik deb baholash barobarida sun'iy aqlning insoniyat kelajagida ijobiy o‘rin tutishini qayd etdi. 

"Sun'iy aql kelgusida hayotimizni yanada yaxshiroq qiladi, oxirzamon yaqinlashayotganini aytish esa, juda ham mas'uliyatsizlikdir", — degan Tsukerberg. U foydalanuvchilardan birining SpaceX va Tesla rahbari so‘zlarini izohlashni so‘rashiga javoban shunday fikrlarni bildirdi.

Avvalroq Mask sun'iy aql kelgusida insoniyatga asosiy tahdid bo‘lib qolishini aytib, hukumatlarni bu sohada nazorat o‘rnatishga chaqirgan edi

Ko‘proq yangiliklar: