CNN: AQSh davlat kotibi iste'foga chiqmoqchi

Jahon 08:25 / 25.07.2017 8490

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson muddatdan avval iste'foga chiqishi mumkin. Bu haqda CNN telekanali manbalarga asosan xabar qilmoqda.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Tillerson AQSh prezidenti Donald Trampning mamlakat bosh prokurori Jyeff Seshnsga nisbatan oshkora bildirgan fikrlarini noprofessional, deb baholagan.

Telekanalning ta'kidlashicha, Davlat departamenti rahbari avval ham Tramp bilan bir necha bor mojaroga kirishgan, shuningdek, bu boradagi o‘z fikrlarini faol tarzda bildirib kelgan.

Avvalroq OAV Nyu-Yorkning sobiq hokimi Rudolf Juliani AQSh bosh prokurori etib tayinlanishi mumkin ekani haqida xabar tarqatgandi.

Ko‘proq yangiliklar: