«Chelsi» xitoyliklar bilan muammo keltirib chiqargan futbolchisini chetlatdi

Sport 14:49 / 25.07.2017 10934

«Chelsi» futbolchisi Kenedi Osiyoda yig‘in o‘tkazayotgan jamoa qarorgohini tark etdi.

Braziliyalik havbek o‘zi sabab kelib chiqqan mojaro ortidan Angliyaga qaytib ketgan.

Ushbu 21 yoshli futbolchi Pekinda «Arsenal»ga qarshi o‘tgan o‘yin vaqtida muxlislar hushtakbozligiga duchor bo‘lgandi, bunga u ish vaqtida uxlab qolgan xitoylik qo‘riqchi ustidan kulib, ijtimoiy tarmoqda post qoldirgani sabab edi.

«Chelsi» keyinroq Kenedining harakati uchun rasman uzr so‘ragan.

«Chelsi» o‘z futbolchisi tufayli Xitoy xalqidan uzr so‘radi (foto)

Ko‘proq yangiliklar: