Boliviya prezidenti AQShni uning qotilligiga tayyorgarlik ko‘rishda aybladi

Jahon 08:11 / 25.07.2017 5086

Boliviya prezidenti Evo Morales 24 iyulda WikiLeaks portalida oshkor qilingan ma'lumotlarga tayanib, AQShni uning qotilligiga tayyorgarlik ko‘rishda aybladi.

"WikiLeaks tahlili AQSh Boliviyadagi ayirmachilikni qo‘llab-quvvatlaganini, favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi va AQShning Janubiy qo‘mondonligi 2008 yilda Boliviyada davlat to‘ntarishi va prezident Evo Moralesning o‘ldirilishi imkoniyatini ko‘rib chiqqanini ko‘rsatdi", deb aytdi Moralesning o‘zi.

Morales bu haqda Santa-Krus shahrida, narkotrafikka qarshi maxsus kuchlar yaratilganining 30 yillik yubileyi nishonlanishi vaqtida aytib o‘tdi. Uning aytishicha, AQShning La-Pasdagi elchixonasi hujjatlari Vashington Boliviyada ayirmachilikni moliyalashtirishga millionlab dollar yuborganidan darak beradi.

"2006-2009 yillardagi elektron maktublarga ko‘ra, AQShning xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Boliviyaning sharqiy departamentlari kiradigan, Yarim oy nomi bilan taniqli bo‘lgan mintaqadagi ayirmachi harakatlarga kamida 4 mln dollar bergan", deb aytgan Morales.  

2008 yilda Pando, Beni, Santa-Krus, Chukisaka va Tarixa departamentlari muxolifat nazoratida bo‘lgan. Muxolifat bu departamentlarga mustaqillik va avtonomlik berilishi g‘oyasini ilgari surgan. 

"AQShning Boliviya hukumatiga qarshi strategiyasi radikal muxolif guruhlar tomondan amalga oshirilishi, ular hukumat bu departamentlarning ajrab chiqishi shartlarini qabul qilishi uchun gaz quvurlarini portlatishi kerak edi", deb qo‘shimcha qilgan Morales.

Ko‘proq yangiliklar: