BMT bosh kotibi Fors ko‘rfazi davlatlariga bayonot bilan chiqdi

Jahon 11:02 / 25.07.2017 6040

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va Misrni Qatar bilan muzokaralarga kirishish hamda diplomatik inqirozdan chiqish yo‘llarini topishga chaqirdi. Bu haqda bosh kotib rasmiy vakilining o‘rinbosari Farxon Haq ma'lum qildi. 

«Bosh kotib Qatar amirining muloqotga chaqirganini olqishlaydi. Avvalroq Saudiya Arabistoni, Misr, BAA va Bahrayn tashqi ishlar vazirlari tomonidan ma'lum qilingan olti prinsipga muvofiq, bu bayonotlar tomonlar mojaroni o‘zaro murosa orqali hal etishga tayyorliklarini ko‘rsatadi», - dedi u.

Haqning so‘zlariga ko‘ra, BMT rahbari Kuvaytning mintaqaviy mojaroga yechim topish bo‘yicha vositachilik sa'y-harakatlariga yuqori baho bermoqda va ular davom ettirilishiga umid qilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: