O‘zbekiston va «Simens» hamkorlikni rivojlantiradi

Fan-texnika 15:51 / 24.07.2017 5643

O‘zbekiston Respublikasining investitsiyalar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi va «Simens» kompaniyasi anglashuv memorandumini imzoladi. Bu haqda Germaniya kompaniyasi matbuot xizmati xabar qilgan.

Hujjat Berlindagi nemis-o‘zbek biznes-forumi doirasida imzolandi. Tadbirda investitsiyalar bo‘yicha Qo‘mita raisi Azim Ahmadxo‘jayev va «Simens»ning O‘zbekistondagi direktori Iskandar Bo‘ronov ishtirok etgan.

Tomonlar hujjat doirasida eneretika, sanoat, transport infratuzilmasining modernizatsiyasi, binolar xavfsizligi va avtomatlashtirilishi, ishlab chiqarishda raqamli tizimni joriy etish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha strategik sheriklikni o‘rnatish niyatida.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston energetikasining rivojlanish ssenariylarini tayyorlab borish rejalashtirmoqda. Bunda innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ish o‘rinlarini yaratish, mahsulotlarni mahalliylashtirish va eksportga asosiy urg‘u beriladi.

Shuningdek, tomonlar yosh muhandislar va ixtisoslashtirilgan o‘quv muassasalari bitiruvchilariga «Simens» kompaniyasi energetik qurilmalarida ishlashga oid kompleks dastur bo‘yicha ta'lim berish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.

Sanoatni raqamlashtirish sohasida O‘zbekiston korxonalarida «raqamli ishlab chiqarish» konsepsiyasiga javob beruvchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish imkoniyati o‘rganib chiqiladi.

Innovatsion qarorlarning qo‘llanilishi temir yo‘l transporti sohasiga ham tegishli bo‘ladi. Tomonlar taqsimlash stansiyalarini tashkil etish, shuningdek, temir yo‘l infratuzilmasini avtomatlashtirish va elektrlashtirish bo‘yicha loyihalarni birgalikda ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: