Tojikiston Milliy banki 1, 3, 5 nominatsiyadagi qog‘oz pullarni almashtiradi

Iqtisodiyot 16:28 / 24.07.2017 5464

Tojikiston Milliy (markaziy) banki 1,3 va 5 somoniy bo‘lgan tanga pullarni muomalaga kiritdi. Bu haqda TMB raisi o‘rinbosari Jamoliddin Nuraliyev jurnalistlar bilan uchrashuvida ma'lum qildi, deb yozmoqda Aziya-Plyus agentligi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, milliy valyutaning 1,3 va 5 nominatsiyadagi qog‘oz pullarga juda talab katta, shu sababli ular tezda yaroqsiz holga kelmoqda. 

Nuraliyevning aytishicha, shu bois birinchi yarim yillikda Tojikistonda 343 million somoniy muomaladan olingan. 

Endilikda, tez orada ularning o‘rnini tanga pullar egallaydi. 

Nuraliyev, shuningdek, Tojikiston YaIM hajmiga ham oydinlik kiritgan. Birinchi yarim yillikda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 24 milliard 24 million somoniyni tashkil etgan. Haqiqiy o‘sish 6 foizni tashkil etgan.

Mamlakat iqtisodiyoti sanoat sohasining 21,3 foiz va agrar sohaning 6,4 foizga o‘sishi evaziga ta'minlangan. 

Yilning o‘tgan 6 oyi mobaynida inflyatsiya darajasi 5,9 foizni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning o‘tgan davriga nisbatan 2,8 foizni tashkil etgan. 

Tojikiston tashqi savdo aylanmasi yanvar-iyun oylarida 1,6 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 37,5 mln dollardan ko‘proqdir. 

Ko‘proq yangiliklar: