Chevrolet Malibu chidamliroq ekan: Zamonaviy avtomobilni o‘zgartirgan eng dahshatli 8 krash-test

Fan-texnika 19:05 / 24.07.2017 67116

Ma'lum bir mashinaning me'yoriy krash-test doirasida yo‘l-transport hodisasi sun'iy ravishda keltirib chiqariladi. Bunda mashina soatiga 64,34 km tezlikda markazi biroz chetlashtirilgan holatda beton to‘siqqa kelib uriladi. Yoki to‘siq soatiga 50 km tezlikda mashinaning haydovchi o‘tirgan tomoniga kelib uriladi. Ba'zan past yoki o‘rta tezliklarda orqadan kelib urilish holatlari ham sinab ko‘riladi. 

Olingan natijalar iste'mol sifatiga ta'sir ko‘rsatadi va haydovchida xavfsizlik borasida xomxayolni shakllantiradi. Biroq, hayotda IIHS tasnifi bo‘yicha 5 yulduzli mashinalarning daraxtga kelib urilganda parchalanib yotganiga guvoh bo‘lish mumkin. Avtomobilning oldinda ketayotgan tirkama ostiga kirib ketishi deyarli doimo o‘lim bilan yakunlanadi. Shunga qaramay, aytish joizki,so‘nggi bir necha o‘n yillar davomida o‘tkazib kelinayotgan  avtomobil halokatlariga doir testlar YTHlarda jarohatlar olish sonini kamaytirishga xizmat qilmoqda. Quyida shu testlar orasida eng dahshatli natija ko‘rsatgan 8 ta sinovdan xabardor bo‘lishingiz mumkin. 

Yirik avtomobil kichigiga qarshi

Odatda avtomobil qancha yirik bo‘lsa kichik mashina bilan to‘qnashuvda ustun keladi, degan tasavvur hosil bo‘ladi. Har holda 40 yillar avval shunday bo‘lgan. 1971 yilda suratga olingan filmni ko‘rish kifoya qiladi. Ammo, kichik hajmli mashinalar o‘shandan boshlab mustahkamroq bo‘la boshladi. Natijada ko‘plab xavfsizlik yostiqchalari bilan jihozlangan kichik mashinalar yo‘lovchilariga jiddiy avtofalokatlarda tirik qolish imkonini beradi. Buni «F-150 vs Civic» krash-testida ham ko‘rish mumkin.

Shunga qaramay, ta'kidlash lozim, inersiya qoidasini hech kim bekor qilgani yo‘q. Shu boisdan ham yirikroq avtomobilda sog‘ qolish ehtimoli katta.

Portlovchi mashina

1971-1978 yillarda ishlab chiqilgan Ford Pinto mitti avtomobili portlovchi mashina deb atashgan. Krash-testlar natijasi shuni ko‘rsatganki, avtomobil ortidan kelib urilgan mashina yo‘lovchilarining ham tirik qolish imkoni kam bo‘lgan. Amerikada «Woe the Pinto» ya'ni «Pinto qayg‘usi» deb atalgan jarayon avtomobilsozlikda haddan ortiq arzonchilik ortidan quvish juda xavfli ekanini isbotlaydi. Muhandislar 2 ming dollar atrofidagi avtomobilni ishlab chiqarishni maqsad qilishdi. Imkoni bor barcha narsada iqtisod qilishdi. Natijada yoqilg‘i idishi orqa o‘q ustiga joylashib qoldi. Aslida kompaniya mashinaga orqadan kelib urilgan taqdirda ham portlash yuz berishi mumkinligini bilgan. Ammo, hisob-kitoblar shuni ko‘rsatganki, har bir mashinani 11 dollarga qimmatroq sotgandan ko‘ra, ehtimoliy eng yirik tovon puli to‘lash arzonroq bo‘lgan. 1978 yilgacha hammasi joyida edi. O‘sha yili Amerika harakatlanish xavfsizligi milliy boshqarmasi Ford Pinto krash-testiiga doir filmni namoyish qilganidan so‘ng hammasi aksincha avj ola boshladi. 

68 millisoniyada hayotdan ko‘z yumish

Lavhani ko‘rib, tasavvur qila olasizmi, qanday bo‘lganini? 1990 yillardagi Ford Focus ichida ikki kishi ketmoqda: qora ko‘zoynak taqib olgan yosh yigit va uning ma'shuqasi. Ular yosh bo‘lgani sababli shamoldek yelib borishmoqda. Mashina panelida soatiga 190 km tezligini ko‘rish mumkin. Haydovchi qiziq hodisani so‘zlab berayotganda bir soniyaga e'tiborini chalg‘itdi. Ammo, yo‘lga qayta qaraganida juda kech bo‘lgan edi. U yo‘l o‘rtasida to‘xtab turgan yuk mashinasiga ko‘zi tushdi. Yigit hatto tormozni bosishga ham ulgurmadi, hammasi bir onda tugadi. Britaniyaning «Beshinchi uzatma» nomli Tv-shousida yigit va qizga nima bo‘lgani test vositasida namoyish etildi. Ularning o‘rnini egallagan manekenar 68 millisoniyada «halok bo‘lishdi». Rolik mualliflari bunday katta tezlikda xavfsizlik tizimlari umuman foyda bermasligini ta'kidlashgan.

Limuzinda xavfsizlik kamarlarini bog‘lashni unutmang

Britaniyaning yana o‘sha «Beshinchi uzatma» ko‘rsatuvi Lincoln limuzinini soatiga 80 km tezlikda to‘siqqa urib ko‘rdi. Shunchaki ko‘ngilxushlik uchun emas, tajriba uchun albatta. Ma'lum bo‘lishicha, mashina saloni, aniqrog‘i yo‘lovchilar qismi butun qolgan, ammo quvnoq «yo‘lovchilar» halok bo‘lishgan. Bunga sabab, ularning xavfsizlik kamarlarini taqmaganliklarida. Shunday qilib, uch nuqtali xavfsizlik kamarini o‘ylab topgan Nils Bolin kashfiyoti Lincoln limuzini kabi mashinada ketayotgan bo‘lsangiz ham dolzarbligini yo‘qotmaydi.

Tarix takrorlanib turadi

Hindistonning dunyodagi eng mashhur mashinasi Tata Motors kompaniyasi ishlab chiqqan Tata Nano avtomobilidir. U juda ham arzon turadi. Hindlar 2009 yildan o‘zlarining o‘ta hamyonbop mashinalarini 2,5 ming dollardan sotishni boshlar ekan, Ford Pinto mualliflaridan ham o‘tib tushishdi. Chunki, 1971 yilgi 2 ming dollar hozirgi dollarga nisbatan 2 karra qadrliroq edi. Yana o‘sha tarix takrorlandi. Tata Motors avtomobili Yevropa dasturi bo‘yicha krash-testda nol ball oldi. 

Yuk mashinasi tirkamasi ostiga kirib ketish oqibati

Oqibati aksar hollarda o‘lim bilan tugaydigan va tez-tez sodir bo‘lib turadigan avtohalokatlar biri bu mashinaning oldinda harakatlanayotgan mashina tirkamasi ostiga kirib ketishdir. Bunday hodisalar kamroq sodir bo‘lishi uchun furalarning tirkamalariga maxsus to‘siqlar o‘rnatiladi. To‘g‘ri himoya bamperlari o‘z vazifasini bajara olmayapti, deb bo‘lmaydi. Ammo, krash-test aks etgan lavhada Chevrolet Malibu haydovchisining, xavfsizlik yostiqchalari ishlagan bo‘lsa-da, «tirik qolish»ga imkoni bo‘lmadi. IIHS ekspertlarining fikricha, ushbu dahshatli krash-test ishlab chiqaruvchilarni tom ma'noda xavfsiz tirkamalarni ishlab chiqishlariga turtki beradi. 

Avtomobillar xavfsizroq bo‘lib bormoqda

2009 yil namunasidagi o‘rta tasnifli Chevrolet Malibu avtomobili soatiga 60 km tezlikda 1959 yilda ishlab chiqilgan Chevrolet Bel Air yuzma-yuz to‘qnashdi. Qizig‘i shundaki, ko‘plab avtomobil ishqibozlari og‘irroq bo‘lgan mashina ustunligini taxmin qilishgan edi. Ammo, IIHS lavhasi buning aksini ko‘rsatadi. To‘qnashuvda Chevrolet Bel Air parcha-parcha bo‘lib ketgan. Uning maneken-haydovchisi ko‘plab og‘ir jarohatlar olgan va ko‘krak faqasi bukilgan metallar bilan qisilib qolgan. Aksincha, Malibu uskunalar paneli deyarli joyidan siljimadi va hatto old oyna yorilgan bo‘lsa-da joyida qoldi. IIHS tashkilotiga rahbarlik qilgan Adrian Lund bu natijani «kun va tun» deb baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 50 yil ichida avtomobilsozlik dunyosi ancha xavfsizlashgan.

Ko‘proq yangiliklar: