“Shartli terrorchi” tadbirida taksi haydovchilar hushyorligi tekshirildi 

Jamiyat 18:49 / 24.07.2017 7869

Andijon viloyati Marhamat tumani chegara hududida joylashgan. Hududdagi barcha yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi kirakashlar shubhali va qidiruvdagi shaxslarga duch kelinganida zudlik bilan IIBga murojaat qilish to‘g‘risida eslatmalar tarqatilgan. Tumanda o‘tkazilayotgan “Kompleks” tadbirlar doirasida tuman IIB tomonidan  faoliyatdagi taksi haydovchilarining hushyorligini sinash qilish maqsadida “Shartli terrorchi” tadbiri o‘tkazildi.    

Tadbir mazmuni quyidagicha: tumanda taksichilik bilan shug‘ullanayotgan avtomashinalarga “shartli terrorchi” o‘tiradi va suhbat davomida o‘zini qidiruvda ekanligi, yonida shaxsini tasdiqlovchi hech qanday hujjati yo‘qligini aytib, ma'lum summa evaziga chegara hududiga olib borib qo‘yishini so‘raydi. 

Ma'lumki, bunday vaziyatda hushyor va yurt osoyishtaligini o‘ylaydigan har qanday fuqaro zudlik bilan huquq-tartibot idoralariga xabar berishi kerak. Olib borilgan tadbir davomida taksichilarning katta qismi yuqoridagi holat bo‘yicha kerakli joyga murojaat qildilar. Afsuski, ular orasida shubhali holatga nisbatan hech qanday chora ko‘rmagan kirakashlar ham topildi.

Marhamat tuman hokimligida ushbu profilaktik tadbirni yakuni bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda shubhali shaxslar to‘g‘risida o‘z vaqtida IIBga xabar bergan to‘rt nafar hushyor taksi haydovchilariga tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i M. Nishanov  esdalik sovg‘alari va tuman hokimligining tashakkurnomalarini topshirdi.  

Loqaydlik va hushyorlik ko‘rsatmagan taksi haydovchilariga bilan esa tushuntirish ishlari olib boriladigan bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: