Para-atletika. London-2017 mundialida O‘zbekiston delegatsiyasi jahon va Osiyo rekordini yangiladi

Sport 12:10 / 24.07.2017 10247

«London-2017 Para-atletika» jahon chempionatida O‘zbekiston delegatsiyasi jami 7ta medalni qo‘lga kiritib, bitta jahon va bitta Osiyo rekordlarini yangiladi. 

10 kun davom etgan «London-2017» jahon chempionatida 7 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etdi va 7ta medalni qo‘lga kiritishdi. 

23 iyul kuni bo‘lib o‘tgan bahslarda ayollar o‘rtasida yadro otish sport turidan Sofiya Burxonova 14.76 m, hamda erkaklar o‘rtasida yadro uloqtirish musobaqalarida Husniddin Norbekov 14.87 m natija bilan kumush medallarni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana 2 medal yozib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, 10 kun davom etgan London-2017 jahon chempionatida nayza otish sport turi bo‘yicha Aleksandr Svechnikov oltin, uzunlikka sakrash bahslarida Doniyor Soliyev oltin, disk otish sport turida Husniddin Norbekov oltin, nayza otish sport turida Nozima Qayumova kumush, yadro uloqtirish va disk otish musobaqalarida Sofiya Burxonova 2ta kumush, yadro uloqtirish bahslarida Norbekov Husniddin kumush medallarni qo‘lga kiritgan. 

London—2017 da 1050 sportchi 213 ta medal uchun kurash olib bordi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkentga 26 iyul kuni ertalab — soat 8:25 da yetib keladi.

Ko‘proq yangiliklar: