Neymar kuzda yangi fuqarolik oladi

Sport 15:25 / 24.07.2017 9715

«Barselona» hujumchisi Neymar Ispaniya fuqaroligini oladi.

Mundo Deportivo ma'lumotiga ko‘ra, sentabr oyida 25 yoshli ushbu braziliyalik futbolchi Ispaniya konstitutsiyasiga qasamyod qiladi va Ispaniya pasportiga ega bo‘ladi.

Braziliya va Ispaniya o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, Ispaniya hududida kamida 2,5 yil yashagan braziliyalik Ispaniyada fuqaroligi olishi mumkin bo‘ladi.

Neymar katalonlar klubiga 2013 yili «Santos» safidan kelib qo‘shilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: