MAK Guanchjou yo‘nalishi bo‘yicha yuk aviaqatnovini yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston 18:34 / 24.07.2017 5870

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Xitoyning Guanchjou shahri aeroportiga yangi yuk yo‘nalishini ochish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Aviakompaniya ma'lumotiga ko‘ra, ayni damda «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK Tijorat Departamentining yuk tashuvlari Boshqarmasi mutaxassislari ma'lumotlar yig‘ishmoqda hamda Guanchjouga amalga oshiriladigan yuk reyslari iqtisodiy samaradorligini baholamoqda.

Shuningdek, yetib borish manzil aeroportida slotlar olish masalasi o‘rganib chiqilmoqda, «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKning Boing-767-300ER yuk samolyotlari Navoiy shahri aeroporti orqali parvoz qilishi jadvali ishlab chiqilmoqda.

Yangi yuk aviaqatnovining ochilishi «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviatashuvchisiga nafaqat «Navoiy» xalqaro aeroporti parvozlar geografiyasini kengaytirish, balki O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi biznes-sheriklikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: