XVJ: 2017 yilda jahon iqtisodiyoti 3,7 foizga o‘sadi

Iqtisodiyot 10:25 / 24.07.2017 4775

Xalqaro valyuta jamg‘armasi Rossiya iqtisodiyotining 2017 yilda asta-sekinlik bilan tiklanishi borasida aprel oyida bildirgan prognozini tasdiqladi. Bu haqda jamg‘armaning iyul oyi uchun "Jahon iqtisodiyoti rivojlanish istiqbollari" axborotnomasida so‘z yuritilgan. Tashkilot Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida yillik yig‘ilishini o‘tkazadi. 

XVJ jahon iqtisodiyoti va jahon ishlab chiqarish hajmi oshayotganini ta'kidlaydi. Unga binoan 2017 yilda ishlab chiqarish hajmi 3,5 foizga, 2018 yilda 3,6 foizga o‘sadi. O‘tgan yili bu raqam 3,2 foizni tashkil etgan edi. 

AQSh iqtisodiyoti o‘sishiga doir prognozlar aprel oyidagidan birmuncha pasaytirilgan. Shu bilan birga, Yaponiya va YeI mamlakatlarida iqtisodiyot o‘sishi kutilmoqda. "2016 yil oxiri va 2017 yil boshida kuzatilgan kutilmagan faollik ishonchli o‘sish sur'atini ta'minlamoqda".

"2017 yil birinchi choragidagi yuqori ko‘rsatkichlar va byudjyet qo‘llab-quvvatlanishi kutilayotgani sababli Xitoy iqtisodiyoti o‘sishi ham aytilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda pul qadrsizlanishi va narx-navo barqaror bo‘lib qoladi; Braziliya, Hindiston va Rossiya kabi bozor iqtisodiyoti birmuncha shakllangan mamlakatlarda ham inflyatsiya sezilarli kuchaymaydi", - deyiladi hujjatda. 

"Rossiya Federatsiyasining iqtisodiyoti, prognozga ko‘ra, 2017 yilda asta-sekinlik bilan tiklana boshlaydi", - deyiladi hujjatda. 

Ta'kidlanishicha, "bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan mamlakatlarda inflyatsiya asosan barqaror, Braziliya va Rossiyada bu raqam sezilarli darajada pasaydi".

Shunday qilib, 2017 yilda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti 2 foizga, 2018 yilda 1,9 foizga o‘sadi. Bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan va rivojlanayotgan mamlakatlarda bu raqam 2017 yilda 4,6 foiz, 2018 yilda 4,8 foizni tashkil etadi. 

Ko‘proq yangiliklar: