FT: YeI AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga javob choralari qo‘llashi mumkin

Jahon 08:28 / 24.07.2017 12036

Yevropa komissiyasi rahbari Jan-Klod Yunker AQSh Rossiyaga nisbatan YeI e'tirozlarini hisobga olmasdan sanksiyalar joriy qilgudek bo‘lsa, javob choralarini qo‘llash masalasini imkon qadar tezroq muhokama qilishga chaqirdi. Bu haqda Financial Times gazetasi 26 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan YeK majlisi uchun tayyorlangan hujjatga asoslangan holda yozmoqda

Unda aytilishicha, AQShning Rossiyaga qo‘llaydigan yangi sanksiyasiga qarshi bir necha usullar bor. Xususan, AQSh prezidenti Donald Trampdan sanksiyalar YeI manfatlariga zarar yetkazmasligi xususida ishontira olish. Yana bir usul Vashington qo‘llayotgan choralarning YeI hududida tan olinmasligidir. 

Ta'kidlanishicha, Yunker YeI hukumatlarining Yevropa energetika va boshqa kompaniyalari Amerika yangi sanksiyalari doirasiga kirsa, bunga qarshi choralarni tezroq muhokama qilishga chaqirmoqda. 

Avvalroq, YeI AQShni Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar oqibatlaridan ogohlantirgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: