Bosh vazir videoselektor o‘tkazadi

O‘zbekiston 18:40 / 24.07.2017 39155

25 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida umumiy videoselektor majlis bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Majlisda prezidentning «2017-18 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga qabul to‘g‘risida»gi qarori (PQ-2955, 2017.05.05) va «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini isloh qilish va yanada rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qarori (PQ-2738, 2017.24.01) ijrosi bo‘yicha vaziyat muhokama etiladi.

Manbaga ko‘ra, videoselektor majlisda barcha viloyatlar tuman (shahar) hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, ma'naviyat targ‘ibot markazi tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari, tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari, yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashi raisi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi tuman (shahar) bo‘limi raisi, tuman XTMFMT va TE bo‘lim mudiri, kasb-hunar kollej va akademik litsey hamda maktab direktorlari vakillari ishtirok etadi.

Ko‘proq yangiliklar: