Berlin va Anqara mojarosi: Germaniya moliya vaziri Erdo‘g‘anni aybladi

Jahon 08:15 / 24.07.2017 6049

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Germaniya va Turkiya o‘rtasidagi ko‘p yillik hamkorlikni o‘rtaga tikmoqda, uning xatti-harakatiga to‘g‘ri javob qaytarish kerak. Bu haqda GFR moliya vaziri Volfgang Shoyble Bild gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Hozir Erdo‘g‘anning harakatlariga to‘g‘ri javob topish kerak. U Turkiya va Germaniya o‘rtasidagi ko‘p yillik sheriklikni o‘rtaga tikmoqda", - deya hisoblaydi Shoyble. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu “vaziyatning dramatik tarzdagi rivoji”, sababi nemis va turklarni “ko‘p narsa bog‘lab turadi”.

"Biroq biz o‘zimizni shantaj qilishlariga yo‘l qo‘ya olmaymiz", - deya ta'kidlab o‘tdi Shoyble.

Payshanba kuni GFR TIV rahbari Zigmar Gabriel Berlin Anqaraga nisbatan siyosatini qayta ko‘rib chiqishi haqida ma'lum qildi. Ikki tomonlama munosabatlarning yanada keskinlashishi, Turkiyada olti nafar huquq himoyachisi, jumladan, nemis Peter Shtoydtnerning qo‘lga olinishidan so‘ng yuz berdi.

Ular terrorchilik guruhlari faoliyatiga ko‘mak ko‘rsatishda ayblanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: