“Haj-2017” mavsumida ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 17:01 / 24.07.2017 9726

22 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida “Haj-2017” mavsumida ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi guruhi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari O‘.Hasanboyev, O‘MI raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur, O‘MI raisi o‘rinbosari I. Inomov, O‘MI Xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri M.A.Shakirov va “Haj-2017” mavsumida ziyoratchilarga xizmat qiluvchi ishchi guruhi, tibbiyot guruhi hamda oshpazlar guruhi ishtirok etishdi.

Tadbirda ishchi guruhi  tomonidan rioya etiladigan qonun-qoidalar, ularning burch va mas'uliyatlari, haj ibodati ruknlari, safarga jo‘nab ketish hamda Saudiya Arabistonidagi tashkiliy ishlarning ishchi guruhiga taalluqli bo‘lgan jihatlari atroflicha yoritildi.

Shuningdek, safarga doir hujjat ishlarida nimalarga e'tibor qaratish lozimligi va guruhdagi ziyoratchilar bilan ishlash davomida ularning pasport va boshqa hujjatlarini yuritish qoidalari borasida ham ma'lumot berildi.   

Tadbir yakunida mutasaddilar guruh rahbarlari tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berdilar.

Ko‘proq yangiliklar: