Yana bir bankka chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziya berildi

Iqtisodiyot 18:43 / 24.07.2017 14667

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qaroriga asosan “Madad Invest bank” xususiy aksiyadorlik tijorat bankiga chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziya berildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Madad Invest bank” XATB o‘z faoliyatini o‘tgan yilning oktabrida Farg‘ona viloyatida boshlagan. 

Joriy yilning birinchi yarim yillik yakunlariga ko‘ra, bank aktivlari 42,7 mlrd. so‘m, jami majburiyatlari - 28,7 mlrd so‘m, kredit qo‘yilmalari – 34 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: