AQSh va Koreyaga ishga yuborishni va'da qilgan firibgar ushlandi

Jamiyat 18:07 / 24.07.2017 2868

Buxoro shahar IIBga, Buxoro shahrida yashovchi N.Rajabova ariza bilan murojaat qilib, M.Payraviy ko‘chasi 59-uyda yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan B.Zuxurov uning ishonchiga kirib, unga turmush o‘rtog‘i A.Shodiyevning AQSh davlatiga ishlash maqsadida borishi uchun viza hujjatlarini to‘g‘irlab berishni va'da qilgan holda, undan 3000 AQSh dollari miqdoridagi pulni aldash va ishonchini suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ushbu pullarni o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborganligini bildirgan. Bu haqda Kun.uz’ga Buxoro IIB xabar berdi.

Shuningdek, B.Zuxurov, Oxunboboyev ko‘chasi boshqa bir fuqaro D.Gulamovaga o‘g‘li A.Baxshilloyevning Koreya davlatiga ishlash maqsadida borishi uchun viza hujjatlarini to‘g‘rilab berishni va'da qilib, uning 1300 AQSh dollari miqdoridagi pulni aldash orqali qo‘lga kiritib, jabrlanuvchiga moddiy zarar yetkazib, firibgarlik jinoyatini sodir qilganligini aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.Zuxurovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1 va 2-qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

 

Ko‘proq yangiliklar: