2019 yilgi boks bo‘yicha jahon chempionati o‘tadigan shahar ma'lum bo‘ldi

Sport 23:41 / 24.07.2017 19642

Boks xalqaro assotsiatsiyasi (AIBA) Rossiyaga 2019 yilgi jahon chempionatini o‘tkazishga ruxsat berdi. Ushbu qaror 24 iyul kuni Moskvada o‘tkazilgan AIBA ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida qabul qilindi. 

“Xalqaro musobaqa Sochidagi “Aysberg” saroyida o‘tkaziladi”, deb xabar berdi Rossiya Boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlev TASS axborot agentligiga.

Musobaqaning o‘tkazilishiga Rossiyadan tashqari Hindiston, Ukraina, Tailand hamda Turkiya da'vogarlik qilgan.

Erkaklar orasidagi boks bo‘yicha jahon chempionati oxirgi marta Sobiq ittifoq/Rossiyada 1989 yil o‘tkazilgan. Rossiya ayollar bo‘yicha jahon chempionatini 2005 yilda qabul qilgan, musobaqa Podolskda o‘tgan.

Xalqaro boks assotsiatsiyasi kongressi 2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tadi. Ushbu qaror ham Moskvada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qabul qilindi. 

Boks bo‘yicha jahon chempionati 2019 yil Rossiyada yuqori saviyada bo‘lib o‘tadi. Bunday ishonchni TASS axborot agentligiga AIBA prezidenti Ching-Kuo Vu bildirdi. 

“Rossiya boks Federatsiyasining yangi rahbariyati ushbu sport turini ommaviylashtirishda jiddiy va maqsadli ishlarni olib bormoqda. Rossiya jahon chempionatini eng yuqori saviyada o‘tkazishiga hech ham shubha qilmayman, negaki mamlakat tajriba va barcha zaruriy infratuzilmalarga ega”, deb aytgan Vu.

Ko‘proq yangiliklar: