Video: Salvadorlik futbolchilar amerikalik raqiblarni tishlab olishdi

Sport 14:45 / 23.07.2017 6661

Salvador terma jamoasi futbolchilari Xenri Romero va Darvin Seren mos ravishda 3 va 6 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bunga futbolchilarning KONKAKAF oltin kubogining chorak final bahsida AQSh o‘yinchilarini tishlab olgani sabab bo‘lgan. Uchrashuv amerikaliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.

ESPN FC bergan ma'lumotga ko‘ra, diskvalifikatsiya faqatgina rasmiy o‘yinlarga ta'sir qiladi. 

Uchrashuv vaqtida Romero AQSh hujumchi Joze Altidorni, Seren esa himoyachi Omar Gonsalesni tishlab olgan. 

Bu futbolchilar terma jamoaning 2019 yilgi Markaziy Amerika Kubogi va JCh-2022 uchun saralash o‘yinlarida ishtirok eta olmasligi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: