Vadim Afonin jarohat oldi

Sport 18:50 / 23.07.2017 8167

Rossiya premer-ligasining 2-turi doirasida «Amkar»ga qarshi o‘yinda «Anji»ning 3 nafar futbolchisi jarohat oldi. Ular orasida O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Vadim Afonin ham bor. Bu haqda maxachqal'aliklar rasmiy saytida xabar berilgan.

«Vadim Afonin to‘pig‘idan jarohatlangan. Uning safga qaytishi uchun 7-10 kun kerak bo‘ladi», — deyilgan xabarda.

Ushbu jarohat tufayli Afonin 30 iyul kuni RFPLning 3-turi doirasida «Lokomotiv»ga qarshi kechadigan o‘yinda ishtirok eta olmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: