Saudiya Arabistoni qatarlik ziyoratchilarni ikki aeroporti orqali qabul qiladi

Jahon 19:30 / 23.07.2017 8679

Saudiya Arabiston fuqarolik aviatsiyasi ma'lum qildiki, Qatardan keladigan ziyoratchilar qirollik hududiga ikki aeroport orqali kirishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Birlashgan arab amirliklaridagi WAM axborot agentligi xabar berdi.

Bayonotga ko‘ra, hajga keluvchilar Jidda shahridagi qirol Abdulaziz aeroporti yoki Madinadagi shahzoda Muhammad ibn Abdulaziz nomidagi aeroport orqali qabul qilinadi. Shu bilan birgalikda, Qatar fuqarolari Qatar Airways aviakompaniyasidan foydalana olmaydi.

Qayd etilishicha, kimda Saudiya Arabistoniga kelish uchun qirollikdan rasmiy ruxsat bo‘lsa, Qatardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishi mumkin, lekin aviakompaniyani saudiyaliklar fuqarolik aviatsiyasi tasdiqlab beradi.

Ko‘proq yangiliklar: