Neymar «PSJ» bilan 6 yillik shartnoma tuzadi

Sport 22:00 / 23.07.2017 20346

«Barselona» hujumchisi Neymar «PSJ» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchining otasi parijliklar jamoasi sport direktori Antero Enrike hamda boshqaruv kengashi raisi Sofi Jordan bilan uchrashib, shartnomaning oxirgi bandlarini muhokama qilib olgan.

Ushbu transfer «PSJ»ga 400 mln yevroga tushadi. Klub Neymarning transferi uchun 222 mln yevro to‘laydi, futbolchining o‘zi esa 6 yillik shartnoma imzolab, jami 180 mln yevro ishlab oladi.

O‘tgan haftada Neymar jamoasini o‘zgartirmoqchi ekani, bu uning kataloniyaliklar jamoasida «Messi soyasida qolib ketayotgani» bilan izohlanishi haqida xabarlar tarqaldi.

«Barselona» o‘z yetakchisini saqlab qolishni istamoqda, ammo oxirgi xabarlarga ko‘ra, tomonlarning muzokaralari muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Neymar «Barselona» tarkibida 2013 yildan buyon o‘ynamoqda. U jami 186 o‘yinda maydonga tushib, 105ta gol urgan va 80ta golga hammualliflik qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: