«Manchester Siti» nafaqat sotib oladi, sotadi ham

Sport 15:40 / 23.07.2017 13302

«Roma» «Manchester Siti»dan himoyachi Aleksandar Kolarovni sotib olgani haqida e'lon qildi. Rimliklar klubi rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, ushbu transfer qiymati 5 mln yevroni tashkil etgan.

31 yoshli serbiyalik futbolchi rimliklar klubi bilan 2020 yoziga qadar amal qiluvchi shartnomani imzolagan.

Yakunlangan mavsumda Aleksandar Angliya chempionatida 29 uchrashuvda maydonga tushdi va 1 gol urib, bir golga uzatma berdi. Bu futbolchi faoliyati davomida «Tsrvena Zvezda», OFK va «Latsio» kabi klublarda to‘p surgan. U «Manchester Siti»ga 2010 yili kelgandi.

Yozgi transferlar vaqtida «shaharliklar» jamoasi o‘ng qanotga, Bakari Sanya o‘rniga «Tottenhem»dan Kayl Uokerni rekord darajadagi narx evaziga sotib olgandi, bugun shu chiziqqa «Real»dan Danilo 35 mln yevro evaziga xarid qilindi. U zaxira o‘yinchisi bo‘lishi kutilmoqda.

 «Manchester Siti» «Benfika» darvozaboni 40 million yevroga sotib oldi

«Manchester Siti» Uoker transferini e'lon qildi

«Manchester Siti» Danilo transferini e'lon qildi

Chap qanotga, Aleksandar Kolarov va undan oldinroq jamoadan ketgan Gael Klishi o‘rniga «Monako»dan Benjamen Mendini transfer qilish bo‘yicha harakatlar davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: