«Barselona» «Yuventus» bilan o‘ynadi, Neymar o‘z gollari bilan o‘yinni shouga aylantirdi

Sport 08:30 / 23.07.2017 26994

Xalqaro chempionlar kubogi turniri doirasida «Barselona» «Yuventus» bilan o‘ynadi. AQShning Ist-Ruterford shahrida kechgan uchrashuv kataloniyaliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. «New Meadowlands Stadium, East Rutherford» nomidagi stadionga 82 104 tomoshabin tashrif buyurdi.

O‘yinning 15-daqiqasida Neymar ispanlar jamoasini oldinga boshladi, u bo‘lim o‘rtalarida dublni rasmiylashtirdi. «Yuventus» himoyachisi Jorjo Kellini 62-daqiqada bitta javob goli yo‘lladi, ammo turinliklarning bundan ortig‘iga kuchi yetmadi.

«Barselona» turnir doirasida keyingi uchrashuvni «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘tkazadi, «Yuventus» — «PSJ» bilan o‘ynaydi. Bu ikki o‘yin ham 27 iyulga belgilangan.

International Champions Cup
Ist-Raterford, AQSh

Yuventus – Barselona 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 15 Neymar, 0:2 – 26 Neymar, 1:2 – 63 Kellini. 
Yuventus – Buffon (Shchensni, 46), Benatiya (Mandragora, 69), Lixtshtayner (De Shilo, 46), Bardzali (Kellini, 46), Asamoa (Aleks Sandro, 60), Markizio (Pyanich, 46), Bentankur (Kuadrado, 60), Lemina (Dibala, 59), Sturaro (Duglas Kosta, 59), Xedira (Rinkon, 46), Mandjukich (Iguain, 60).
Barselona – Sillessen (Ortola, 46), Aleish Vidal (Nelson Semedu, 46), Pike (Marlon, 46), Din (Alba, 46), Maskerano (Umtiti, 46), Rakitich (Denis Suares, 46), Serdji Samper (Buskets, 46), Inesta (Alenya, 46), Neymar (Serdji Roberto, 46), Messi (Turan, 46), Pako Alkaser (Suares, 46).
Ogohlantirishlar: Aleish Vidal (35), Markizio (43).

Ko‘proq yangiliklar: