«Barselona» Neymarni ko‘ndira olmadi

Sport 21:30 / 23.07.2017 18769

Xalqaro chempionlar kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan «Barselona» – «Yuventus» uchrashuvidan keyin kataloniyaliklar klubi rahbariyati hamda Neymarning otasi va futbolchining o‘zi o‘rtasida navbatdagi muzokara bo‘lib o‘tgan.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, mazkur uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Xabarda Neymar «PSJ»ga o‘tishga jiddiy maqsad qilgani ma'lum bo‘lgani aytilgan.

Bundan avvalroq «Barselona» yetakchilari Leonel Messi, Jyerar Pike, Luis Suares va boshqa futbolchilar jamoadoshlarini qolishga ko‘ndirish uchun u bilan gaplashishgani ma'lum qilingandi.

Keyinroq Lionel Messi instagramdagi sahifasidan Neymar bilan tushgan suratlarni o‘chirib tashladi va bu kataloniyalik muxlislarning tashvishini oshirdi.

Ayni vaqtda, «PSJ» Neymarni sotib olmoqchi va unga katta maosh to‘lamoqchi.

Ko‘proq yangiliklar: