Hafta dayjesti: Mirziyoyevning Toshkent viloyatiga tashrifi, soliq sohasidagi yangiliklar, go‘sht va uning narxi, partiyalar XPKda...

Jahon 23:47 / 23.07.2017 43653

Hafta davomida O‘zbekistonda va jahon bo‘lib bo‘lib o‘tgan voqea hodisalarni yana bir karra yodga olamiz.

Prezidentning Toshkent viloyatiga tashrifi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida Toshkent viloyatiga chiqdi.

Jumladan, Sh.Mirziyeyov O‘rta Chirchiq tumanidagi «O‘zbegim otlari» ot zavodi faoliyati bilan tanishdi. Zavod qadimiy ot zotlari, jumladan, Axaltaka tulporlarini ko‘paytirish va parvarishlashga ixtisoslashtirilgan.

 

Toshkent viloyatiga tashrifi davomi prezident Parkentning eng so‘lim joyida yozuvchi va shoirlar uchun 50 ta uy qurib berish kerakligini ta'kidlagan.

Tashrif doirasida prezident viloyat hududidan o‘tuvchi Toshkent–Sirdaryo avtomobil yo‘li bo‘yida qurilishi mo‘ljallangan yangi turar joylar, ijtimoiy soha obektlari loyihalari bilan tanishdi. Zangiota, Chinoz va Yangiyo‘l tumanlari hududidan o‘tuvchi yo‘l bo‘yida 1, 2, 3, 4 xonali uy-joylar qurilishi va joylashuvi loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. Loyihalarda uy-joylarning joylashuv sxemasi, ko‘rinishi, dizayni o‘z aksini topgan.

Prezident loyiha bilan tanishar ekan, Toshkent–To‘ytepa yo‘li atrofida zamonaviy uy-joylar qurish, ijtimoiy soha obektlarini zamon talablari darajasida barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Davlat rahbari To‘ytepa shahrini viloyatning markazi sifatida qayta qurish tadbirlari amalga oshirilayotgani, bu borada Janubiy Koreyadan arxitektorlar taklif qilinganini ta'kidladi. Loyihaga ko‘ra bu yerda smart shahar paydo bo‘ladi va uning qurilishiga 2 mlrd. dollar sarflanadi.

Sh.Mirziyoyev Toshkent viloyatiga safari vaqtida bir qator amaldorlarni ishdan bo‘shatdi.

 

Soliq ma'murchiligi sohasidagi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Soliq ma'muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, murakkab vaziyatda tadbirkorlarga soliq ta'tillari beriladigan bo‘ldi.

2018 yil 1 yanvardan esa soliq nazoratining zamonaviy shakli – soliq monitoringi joriy etiladi.

Yangi farmon ketidan hafta o‘rtasida tarqalgan ma'lumotlar — Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi yoki Bosh prokuratura tarkibiga o‘tkazilishi mumkinligi haqida ma'lumotlar tasdiqlanmadi. DSQ ushbu xabarlarga raddiya e'lon qildi.

Shuningdek, odamlar boy bo‘lishi uchun soliq ma'murchiligi isloh qilinishi kerak, mavzusida saytimizda ekspert fikri yoritildi.

 

Go‘sht va uning narxi

Hafta mobaynida go‘sht narxining keskin oshganligi ham hammaning diqqat markazida bo‘lib turdi.

Muxbirimiz Elmurod Ermatov «Go‘sht narxi arzon bo‘lishining yechimi qayerda?» deya kichik tadqiqot o‘tkazdi. Muallif bu mavzuda yana bir chiqish qildi: «Qassobga go‘sht qayg‘usi...» Odamlarni kim o‘ylaydi?

Bu orada Andijon viloyati bo‘ylab go‘shtning yagona narxi belgilangani haqida xabar paydo bo‘ldi.

 

Test sinovlari yaqin...

1 avgust oliy o‘quv yurtlarida test sinovlarining adolatli o‘tishini ta'minlashga qaratilgan tahliliy maqolalar e'lon qilindi.

Bloger Xushnud Xudoyberdiyevning 1 avgustdagi test sinovlarini yanada adolatli o‘tkazish uchun taklifiga javoban Shuhrat Shokirjonov Test sinovlarida uyali telefonlardan foydalanmaslik yo‘li: aloqani butunlay uzish shart(mi?) deb fikr yuritgan bo‘lsa, O‘zbekiston musulmonlar idorasi ham 1 avgust imtihonida bo‘ladigan «o‘yin»larga o‘z munosabatini bildirdi.

 

Siyosiy partiyalar xalqaro press klubda...

19 iyulda Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasi parlament deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida tashkil etildi.

Parlamentda qonun loyihalarining muhokamasi jarayonida fraksiyalararo bahs-munozaralarning deyarli o‘tkazilmayotganligi qayd etib o‘tildi.

«Hozir siyosiy partiya degan organizmdagi bir bo‘g‘in ishlamayapti. Ana shu bo‘g‘in ishlasa, jamiyat ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘kis harakat qilishga o‘tadi», dedi deputatlardan biri.

XPK sessiyasi moderatori, siyosatshunos Sherzodxon Qudratxo‘jayev sessiya qatnashchilari e'tiborini tadbirkorlar va umuman sayyohlarni ham qiynayotgan bir masala — nega restoran-kafelar ishlash vaqti chegaralanganligiga qaratdi.

 

Din va ma'rifat

Hafta davomida Toshkent shahridagi «Novza» jome' masjidida katta ko‘lamdagi qurilish ishlari amalga oshirilishi haqida xabar paydo bo‘ldi.

Qurilish ishlari yakunlangunga qadar «Novza» masjidi faoliyati vaqtinchalikka to‘xtashi e'lon qilindi.

Olmazor tumanida esa «Imom Termiziy» jome' masjidini qayta qurish boshlandi.

 

Yakunlanib borayotgan hafta mobaynida O‘zbekiston va jahonda yuz bergan boshqa voqea va hodisalarning eng saralari bilan yana bir bor tanishtirib o‘tamiz:

O‘zbekiston

  • O‘zbekistonda ba'zi avtomobillarni olib kirishda bojxona to‘lovlari bekor qilinadi
  • O‘zbekistonda «Ezgu maqsad» xalqaro xayriya jamoat fondi tashkil etildi
  • Poytaxtimiz Toshkentda «Adolat saroyi» majmuasi quriladi
  • Prezident Sh.Mirziyoyev soliq tizimini isloh qilish bo‘yicha maxsus komissiya tashkil etdi
  • «O‘zbekiston 24» telekanali qachon ish boshlashi aniq bo‘ldi

 

Jahon

  • BAA pasporti dunyoning eng arzon rasmiy fuqarolik hujjati ekani ma'lum bo‘ldi
  • Britaniya muzeyi o‘g‘irlangan tarixiy ashyoni O‘zbekistonga qaytaradi

  • Putin va Tramp G20’da «maxfiy» uchrashuv o‘tkazishgan. Tramp Putin bilan «maxfiy» uchrashuviga oydinlik kiritdi.
  • Turklar AQShning Suriyadagi harbiy bazalari haqidagi ma'lumotni oshkor etdi
  • Rossiya Shimoliy Koreyadagi mavjud totalitar rejimning o‘zgarishiga qarshi

 

Qiziqarli xabarlar

  • Xitoyda Vinni Pux taqiqqa uchradi, uning Si Jinpingga o‘xshashligi aytilmoqda
  • O‘zbekistonda banklar avtokredit berishni to‘xtatdi
  • Rossiyada migratsiya kodeksi paydo bo‘ladi
  • Fransiyada deputatlar endi bo‘yinbog‘ va kostyumlarsiz yuradi
  • O‘zbekistonda birinchi «Neksiya» ishlab chiqarilganiga 21 yil to‘ldi

 

Sport xabarlari

  • Ibrahimovich rekord shartnomadan voz kechdi
  • Krishtianu Ronaldu to‘rtinchi farzandini kutmoqda
  • Odil Ahmedov: «Navbahor»ga yordam berdim, endi esa ularga kerak bo‘lmay qoldim»
  • «Arsenal» futbolchilari Xitoyda ovqatdan zaharlandi
  • «Chelsi» Morataning transferini tasdiqladi. Barcha tafsilotlar ma'lum

 

Muhim maqolalar

  • O‘zbekistonda soliq qonunchiligi buzilishining top-9 taligi
  • Videoreportaj: Maktabga tayyorlov guruhiga aylangan dala shiyponida bolalar tarbiyalanishga haqlimi?
  • «Jiddiy» gazetalarni nega o‘qimaymiz?
  • Xalqqa nafi tekkan amaldorgina shu xalqning chin vakilidir
  • Muammo Kun.uzda yoritilgach Imom Buxoriy majmuasi yaqinida uyi buzilgan oilalar tovon puli olishdi.
Ko‘proq yangiliklar: