O‘zbekistonda «Bars» savdo belgisi bilan avtomobil shinalari ishlab chiqariladi

Fan-texnika 11:13 / 22.07.2017 23162

Toshkent viloyati Angren EIZda barpo etilayotgan shina zavodi ishga tushishi bilan unda «Bars» brendi ostida 21 o‘lchamdagi avtomobil shinalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Zavodda yiliga 3 mln donagacha turli o‘lchamdagi avtoshinalar ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi. Ularning 2 mln donasi GM Uzbekistan qo‘shma korxonasiga yetkazib beriladi. 

Bu ma'lumot davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning Angrenga tashrifi chog‘ida konveyer tasmalari, qishloq xo‘jaligi texnikalari v avtomobillar uchun shinalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavod bilan tashinuvi chog‘ida e'lon qilindi. 

Konveyyer tasmalari va shinalar sanoat, qishloq xo‘jaligi, odamlar hayotida talab katta bo‘lgan mahsulotdir. Hozirda bu turdagi mahsulotlarning barchasi xorijdan import qilinadi. Bu zavod qurilishi shu kabi mahsulotlarni import qilishga barham berish barobarida eksportdan foyda olish imkonini beradi. 

“Bu zavod mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega, - dedi Shavkat Mirziyoyev. Bu yerda xalqaro standartlarga to‘la mos keladigan keng turdagi yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Bu yerda ishlaydiganlar ham barqaror daromad ola boshlaydi”. 

Korxona, shuningdek, yiliga 140 ming tirkama va 60 ming dona traktor shinalarini ham ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, ikki turdagi konveyer tasmalari ishlab chiqariladi. Ichki bozor talabini ta'minlashdan tashqari, yiliga 60 mln dollarlik mahsulotni eksport qilish rejalashtirilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: