Ukrainada AQSh bilan hamkorlikda Sea Breeze harbiy mashg‘ulotlari poyoniga yetdi

Jahon 21:23 / 22.07.2017 3221

Ukraina-Amerika harbiy mashg‘ulotlari Sea Breeze 2017 22 iyulda poyoniga yetdi. Uning tantanali yopilish marosimi 22 iyul kuni Odessa va Nikolayev viloyatida bo‘lib o‘tdi. Ukraina mudofaa vazirligi saytida shu haqda xabar qilinmoqda. 

«Ukraina-Amerika Sea Breeze 2017 harbiy mashg‘ulotlarinining tantanali yopilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. U 10 iyuldan shu kungacha davom etdi», — deyiladi xabarda. 

Ta'kidlanishicha, manyovrlarda 16 mamlakat vakillari ishtirok etgan. Mashg‘ulotlarga qariyb 3,5 ming harbiy xizmatchi, 30 ga yaqin kema, motorli qayiqlar va korabllar, 22 ta aviatsiya texnikasi, 100 ga yaqin avtomobil va zirxli texnikalar jalb etilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: