Ukraina Rossiyaning Donbass va Qrimdagi jinoyatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni BMT sudiga yubordi

Jahon 17:49 / 22.07.2017 10938

Ukraina BMT Xalqaro sudiga Rossiyaning Donbass hamda Qrimdagi “tajovuzkorliklarda”gi ishtirokini tasdiqlovchi mingdan ortiq sahifadan iborat bo‘lgan hujjatli dalillarni taqdim etdi. Bu haqda Ukraina xavfsizlik xizmati raisi Vasiliy Gritsak ma'lum qildi, deb xabar bermoqda UNN.

«BMT xalqaro sudiga Rossiyaning Donbass va Qrimdagi jinoyatlarini tasdiqlovchi minglab sahifadan iborat hujjatlar taqdim etildi», - deya ma'lum qilgan Gritsak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatlar Rossiya rahbariyati «Ukraina davlatini barcha yo‘l orqali yo‘q qilish uchun aniq maqsadli keng ko‘lamli ish» olib borayotganini isbotlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: