Shanghayda bino quladi, qurbonlar bor

Jahon 11:12 / 22.07.2017 5230

Xitoyning Shanghay shahridagi tumanlardan birida bino qulab tushdi. Bu haqda Shanghai Daily xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, hodisa 21 iyul kuni kunduzgi vaqtlarda ro‘y bergan.

Nashr ma'lumotiga qaraganda, avval bank bo‘linmasi joylashgan uch qavatli bino buzib tashlanish arafasida bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, qutqaruvchilar vayronalar ostidan olti kishini chiqarib olishgan, ulardan besh nafari shifoxonada olingan jarohatlar tufayli vafot etdi.

Ayni vaqtda hodisaga nima sabab bo‘lgani aniqlashtirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: