Neymar seshanba kuni «PSJ» safiga borib qo‘shilishi mumkin

Sport 13:30 / 22.07.2017 12041

«Barselona» hujumchisi Neymar kelgusi haftada «PSJ» futbolchisiga aylanishi mumkin, deb yozmoqda Ispaniyaning Sport internet-nashri.

Manba bergan xabarga ko‘ra, fransuz jamoasi Braziliya terma jamoasi hujumchisi uchun uning shartnomasida ko‘rsatilgan tovon pulini 26 iyulga qadar to‘lashi kutilmoqda. Hozirgi vaqtda bu summa 222 mln. yevroni tashkil qiladi. Hozirda ikkala jamoa ham yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun AQShda bo‘lib turishibdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Barselona» prezidenti Xosep Mariya Bartomeu faqatgina moliyaviy feyr-pley talablarini buzgan holda Neymarni sotib olish mumkinligini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: