Qatarning BeIN Sports telekanali BAAda ishlay boshladi

Jahon 20:48 / 22.07.2017 4487

Qatarning BeIN Sports (sobiq Al Jazeera Sports) telekanali BAAdagi milliy internet provayderlaridan birining mijozlari uchun telekanallar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda The National nashri yozmoqda.

Avvalroq, BAA Qatar bilan diplomatik munosabatlarni uzganidan keyin ushbu telekanal saytiga kirish to‘sib qo‘yilgan edi. Bundan tashqari, uning translyatsiyasi va obuna bo‘lish taqiqlangandi. BeIN Sports telekanali mintaqaga jahon futboli musobaqalarini efirga uzatadi. 

Nashrning yozishicha, provayder telekanal obunachilar uchun yana ochiq ekanini tasdiqlagan. Obunachilarning o‘zlari ham ijtimoiy tarmoqlar orqali bir oydan ortiq muddat ko‘rsatuvlari namoyish etilmagan telekanal ishlayotganini yozishgan. 

Ko‘proq yangiliklar: