Filippin janubida harbiy holat yil oxiriga qadar uzaytirildi

Jahon 15:49 / 22.07.2017 4265

Filippin kongressi deputatlari Mindanao janubiy viloyatida harbiy holatni 2017 yilning oxiriga qadar uzaytirish uchun ovoz berishdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Ushbu tashabbusni 261 deputat qo‘llab-quvvatladi, bu esa qarorni qabul qilish uchun lozim bo‘lgan darajadan uchdan ikki qismga ko‘pdir.

Ta'kidlanishicha, mamlakat xavfsizlik xizmati kongressga Mindanaodagi harbiy holatni uzaytirishni maslahat bergan, u yerda IShID jangarilarining ta'siri ortib borayotgani aytildi.

19 iyul kuni Filippinda jangarilar prezidentning qo‘riqlash xizmatiga hujum qilgani xabar berildi.

Ko‘proq yangiliklar: